Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi PQ - 91 son "Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to`g`risida"gi qarori, O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta'lim vazirligining 2005 yil 14 iyun 130-son "Oliy ta'lim muassasalari filiallari to`g`risidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash to`g`risida"gi buyrug`i hamda O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005 yil 21 iyul 07-8/2015-son taqdimnomasini amalga oshirish maqsadida 2005 yil 23 iyuldan Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mintaqaviy filiali sifatida tashkil etilgan.
Filial Samarqand shahrining markazida joylashgan. Filialda talabalar to`rt yo`nalishda tahsil oladilar. Bakalavriat yo`nalishlari: informatika va axborot texnologiyalari (sohalar bo`yicha), kasb ta'limi (Informatika va AT), telekommunikatsiya, servis (axborot servisi) bo`yicha ta'lim beriladi. Fakultetda 5 ta: informatika va axborot texnologiyalari (sohalar bo`yicha), umumkasbiy fanlar, tabiiy fanlar, Ijtimoiy-gumanitar fanlar, Til va jismoniy tarbiya kafedralari mavjud.
Samarqand filialida 93 nafar professor-o`qituvchi talabarga tahsil beradi, ulardan 8 nafari fan doktori, professor, 37 nafari fan nomzodi, dotsentlardir.